Xorazm viloyati umumtaʼlim maktablarida 11-yanvar kunidan anʼanaviy tarzda oʻqish boshlanadi

    Ta'lim 10 Yanvar 2023 2161

    Bu haqda Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Xabaringiz bor, maktab oʻquvchilari uchun qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun, yaʼni 2023-yil 10-yanvargacha davom etishi belgilangan edi.

    Bu haqda Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati maʼlum qildi.

    “Gidrometrologiya markazi xabariga koʻra, 11-18-yanvar kunlari viloyatimizda havo haroratining keskin tushib ketmasligini inobatga olib, 2023-yilning 11-yanvar sanasidan barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqish jarayoni boshlanishini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.