Bu havda Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Gurlan tumanida B.Yu. (muqaddam sudlangan) va D.Yu. boshqa bir fuqaroning ishonchiga kiradi. Ular Shovot tumani, “Mevazor” MFY hududidagi davlat zahirasida turuvchi 25 sotix yer maydoni rasmiylashtirib berishni vaʼda berishadi. Evaziga 66 000 AQSH dollari soʻraydi. Buning uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlarini ishga solishini aytishadi.
Soʻralgan puldan 45 000 AQSH dollari va 130 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.