Tekshiruvda fuqaro J.M. noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab, internet tarmogʻida asosiy faoliyati tavakkalchilikka asoslangan onlayn platforma orqali fuqarolarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulklarini sport oʻyinlariga pul tikish yoʻli bilan qoʻlga kiritib kelayotganligi aniqlandi.

Bu xizmati evaziga fuqaro J.M. oʻzi va farzandlari nomiga 4 ta turar-joy va 3 ta avtotransport vositalarini rasmiylashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.