Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda internet ijtimoiy tarmoqlari orqali giyohvandlik vositalarini sotish holati fosh etildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Telegram messenjerida kanal-bot tashkil etgan shaxslar fuqaroga 0,5 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotishga kelishgan. Giyohvandlik vositasi bot tomonidan taqdim etilgan geolokatsiya boʻyicha Urganch tumani “Killavut” mahallasidagi uy oldiga qoldirilgan.

Aniqlanishicha, giyohvandlik vositasi uchun 224,4 ming soʻm pul mablagʻi fuqaro Ya.G.ning bank kartasiga oʻtkazib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.