Tadbirda 13 ta loyihalar mualliflarining takliflari eshitilib, har bir loyiha mutaxassislar ishtirokida chuqur muhokama etildi. Kengash aʼzolari fikr-mulohazalaridan kelib-chiqib qator loyiha mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan boʻldi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan IT sohasiga doir startap loyihalar quyidagilar:
- Sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan interaktiv onlayn akademiya “EDULIFE”;
- “Speak With Me” kar va eshitishda nuqsoni bor fuqarolar uchun oʻz ustida mustaqil ishlash salohiyati va qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi loyihasi;
- viloyatning xar bir shahar va tumanlarida mavjud maktabgacha taʼlim muassasasini axborot texnologiyalariga ixtisoslash, raqamli va innovatsion maktabgacha taʼlim tizimini yaratishga yoʻnaltirilgan “IT ga ixtisoslashgan bogʻcha” loyihasi;
- Mahallalarda aholi bilan ishlashning yaxlit vertikal boshqaruv tizimiga asoslangan “E-aholi” axborot tizimi;
- Birlamchi tibbiyot tizimida qoʻllash uchun koʻrlikka olib keladigan kasalliklarni erta aniqlash va rivojlanish xavfini bashorat qilishga xizmat qiluvchi elektron dastur ishlab chiqish;
- “GoTest” loyihasi til oʻrganuvchilarning, abituriyentlarning hamda turli sohalar boʻyicha oʻz bilimlarini sinab koʻruvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va rivojlantiriladi;
- axborot-kommunikatsiya va sunʼiy intellekt texnologiyalardan keng foydalangan holda “Mahalla boshqaruviga koʻmaklashuvchi tizim” loyihalari.