Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, soat 17:30 holatiga Xorazm viloyatida kuchli shamol esishi natijasida ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʻchirildi.

Buning natijasida viloyatning ayrim hududlarida elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Kuchli shamol esishi toʻxtagandan soʻng elektr taʼminoti tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.