Xorazmda ham aholini kasb-hunarga o'qitish maskanlari tashkil qilinadi

    Xorazm viloyatida 49 ta mahallada aholini kasb-hunarga o'qitish maskanlari tashkil qilinyapti.

    Mazkur o'quv maskanlari bo'sh turgan binolarda joylashtiriladi va u yerda tikuvchilik, oshpazlik, sartaroshlik, kompyuter operatori kabi kasblarga o'qitish yo'lga qo'yiladi. O'quv jarayonlari bir vaqtning o'zida bevosita hududdagi korxona va tashkilotlarda amaliyot bilan birga olib boriladi.

    O'quv maskanlarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi va “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg'armalari hisobidan amalga oshiriladi.

    Yangi o'quv maskanlari shahar va tumanlar kesimida bandlik darajasi kam bo'lgan mahallalarni inobatga olingan holda har shahar va tumanda 3-5 mahallada tashkil qilinishi belgilangan.

    Ro'zimboy Hasan,

    “Yangi O'zbekiston” muxbiri.