Uning davomida tadbirkorlar faoliyatida duch kelinayotgan dolzarb masalalar, shuningdek, viloyatda investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik muhitini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. OAV vakillari va blogerlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirishdi.

Eng qiziqarli gʻoyalar amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilindi va masʼul rahbarlarga oʻrganish hamda joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun topshirildi.

Aniqlangan muammolar ham nazoratga olindi. Ularni hal qilish boʻyicha tezkor choralar koʻrish yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida dolzarb mavzu va masalalar boʻyicha muntazam muloqot va fikr almashishni davom ettirish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining jurnalistlar va blogerlar bilan oʻzaro hamkorligiga yoʻnaltirilgan doimiy faoliyat yurituvchi platformani tashkil etish istiqbollari qayd etildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.