Joriy yilning oʻtgan davrida ish yurituvda boʻlgan gaz taʼminoti va elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga doir 739 ta ijro hujjatlari boʻyicha 19,9 mlrd. soʻm miqdoridagi qarzdorliklar undirilgan.

Shuningdek, amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 43,4 mlrd. soʻmlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlovga olinib, shundan 25,6 mlrd. soʻmlik mulklar elektron-onlayn savdolariga chiqarilgan.

Bundan tashqari, 204 nafar qarzdorlarning 24,7 mlrd. soʻm miqdoridagi qarzdorlik summalari ularning ish haqlariga qaratilgan hamda hisob raqamlariga inkasso qoʻyilgan.

Misol uchun, Byuroning Gurlan tumani boʻlimi ish yurituvidagi qarzdor “Sultonbek Erkinov” MCHJdan “Hududgaztaʼminot” AJ foydasiga 112,9 mln. soʻm miqdoridagi qarzdorlikni undirishga oid ijro ishi boʻyicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlik toʻliq undirilib, ijrosi amalda taʼminlandi.