Xorazm viloyatida koʻmir mahsulotlari talon-toroj qilinishining oldi olindi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Koʻmir taʼminot” MCHJ Xorazm viloyati filialiga qarashli Yangiariq tuman koʻmir ombori mudiri R.A. va operatori D.J.lar aholiga yetkazilishi lozim boʻlgan arzonlashtirilgan 38,9 tonna koʻmirni 13,6 mln soʻmga “R.” MCHJga qarashli pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonaga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.