Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 26-iyul kuni 2001-yilda tugʻilgan B.K. (ayol) sharʼiy turmush oʻrtogʻi S.J. bilan tortishib, unga jahl qilib, 2022-yilda tugʻilgan S.B. (qiz bola) farzandini uxlab yotgan joyida haqoratlab, urgan va tasvirga olib, otasi S.J. ga joʻnatgan.
Bolalar ombudsmani holat boʻyicha oʻrganish ishlari olib bormoqda.
Hozirda holat yuzasidan Shovot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.