Tumanning Barkamollik, Mangulik, Yosh-kuch, Istiqlol va Do'rmon mahallalarida o'tkazilgan bayram tadbirlari davomida o'sha hududlarda yashovchi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalar, ularning farzandlari holidan xabar olindi.
Qolaversa, fond boshqaruvi, uning tuman bo'linmasi tomonidan nogironligi bo'lgan yoki bemorligi sabab bayram tadbirlarida ishtirok eta olmaydigan murg'ak qalb egalariga bayram sovg'alari tuhfa etildi. Bu bolalarga bir olam quvonch va shodlik bag'ishladi.
— Bayram munosabati bilan tashkil etilgan bu kabi xayriya tadbirlari kun davomida viloyatning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi bosh mutaxassisi Jahongir Radjabov. — Imkoniyati cheklangan, kam ta'minlangan oilalar farzandlari holidan xabar olinib, ularga xayriya yordamlari ko'rsatiladi. Bu esa, bolajonlarimizni jismonan sog'lom, aqlan teran, yetuk, mehr-oqibatli qilib tarbiyalashda muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati