Bugun Shovot tumanidagi “Usta Matsafo” fermer xoʻjaligida viloyatda birinchi boʻlib bugʻdoyga oʻroq tushdi.

Oʻrim munosabati bilan oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda soha mutasaddilari bugʻdoyni nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda yigʻishtirib olish va boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishdi.

Dastlabki natijalar bu yil dalalardan kamida 55-60 sentnerlik xirmon uyish rejalari muvaffaqiyatli bajarilishidan darak bermoqda.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.