Mamlakatimizda elektr energetikasi tarmogʻida mavjud imkoniyat va salohiyatdan yetarlicha foydalanib, islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatni jadal rivojlantirish uchun elektr energiyasi sohasida ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati elektr energiyasi isteʼmolchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qator muvaffaqiyatli natijalarga erishildi.
Jamiyat tasarrufidagi 61 dona 35–110 kVli podstansiya, 12 ming 416,2 km 0,4-110 kV elektr uzatish tarmogʻi hamda 4522 dona 10/0,4 va 6/0,4 kV transformator punkti orqali 388 ming 703 ta isteʼmolchiga elektr energiyasi yetkazib beriladi.
Oʻtgan yilning oʻzida 5 dona 35–110 kV kuchlanishli transformator, 10 ta 35–110 kVli oʻchirgich, 622,2 km uzunlikda 110-0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi, 329 dona 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punkti mukammal taʼmirlandi. 1387,3 km uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr uzatish tarmogʻi va 699 ta transformator punkti hamda 61 ta 35-110 kVli podstansiya taʼmirlandi. Mukammal va joriy taʼmirlash ishlari uchun 1,8 mlrd soʻm mablagʻ sarflandi.
Bundan tashqari, 2019-2020-yillarning kuz-qish mavsumida 35–110 kVli podstansiyalarda oʻta yuqori yuklamada ishlagan 7 ta transformator oʻrniga yuqori quvvatli transformatorlar oʻrnatildi.
Sohiba GʻOYIBOVA,
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari”AJ matbuot xizmati boshligʻi