Xorazmda yer sotish bilan bogʻliq firibgarlik holati aniqlandi

    2,4 sotix yer uchastkasini firibgarlik yoʻli bilan 15 000 AQSH dollariga sotishga kelishildi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.Yu.va R.M. fuqaro O.ga uy-joy qurishi uchun tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 2,4 sotix yer uchastkasini firibgarlik yoʻli bilan 15 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.