Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Isuzu” rusumli avtotransport vositasida yoʻlovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaroning sumkasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, unda silindrsimon shakldagi sellofan paketlarga oʻralgan, sof ogʻirligi 217,15 gramm boʻlgan “opiy“ giyohvandlik vositasi borligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, fuqaroning oʻzi kiyib olgan ichki kiyimi ichida ham yana 1 oʻramda, sof ogʻirligi 37,52 gramm boʻlgan “opiy“ moddasi borligi aniqlanib, tadbir davomida jami sof ogʻirligi 254,67 gramm boʻlgan “opiy“ giyohvandlik vositasining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









