Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan qoʻlga olindi

    Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Tuproqqalʼa tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi Xazorasp tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1500 AQSH dollari talab qiladi.

    DXXning Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi ham oʻzganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olganlik holati hujjatlashtirildi.

    Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.