Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha,
oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “X.S.T.” AJning ushbu tumanlar filiali masʼul shaxslari isteʼmolchilar tomonidan ichimlik suvi uchun toʻlov qilingan jami 380 mln soʻm mablagʻlarini bank hisob raqamlariga kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.