Xorazmda ingliz tilida ilk jurnal nashr etila boshlandi

    Xorazmda “KHOREZM TIMES” ijtimoiy-madaniy jurnali nashr etila boshladi. Mazkur nashr bugunning nigohi teran, fikrlash doirasi va dunyoqarashi keng o'quvchilar uchun ayni muddao bo'ldi.

    Ingliz tilida chop etilayotgan jurnalda viloyat hayotidagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qo'lga kiritilgan yutuq va yangi tashabbuslar to'g'risida turli janrdagi maqolalar chop etilyapti.

    Mazkur nashr ayni damda qadim va hamisha navqiron Xivaga tashrif buyurayotgan xorijlik sayyohlarga mo'ljallab viloyatning shahar va tumanlari tarixi va bugungi qiyofasi mufassal aks etgan sahifalarda keng ko'lamli ma'lumotlarni ham taqdim etyapti.

    Yangi nashr hozircha ming nusxada nashr etilgan, kelgusida uning adadini oshirish ko'zda tutilgan.

    Ro'zimboy Hasan,

    “Yangi O'zbekiston” muxbiri.