Xorazmda Koreyalik hamkor bilan sholi urugʻchiligi korxonasi tashkil etiladi

    Hukumat 1 Mart 2024 730

    Xorazmda sholichilik boʻyicha yondashuvlarni oʻzgartirish vaqti kelgani qayd etildi. Chunki zamonaviy ilmiy yondashuv, yangi nav yoʻq, suv sarfi yuqori.

    Shuning uchun yangi hosildor sholi navlarini olib kelib, Xorazm sharoitida sinash muhimligi taʼkidlandi. Koreyalik hamkor bilan sholi urugʻchiligi korxonasi tashkil etiladi.

    Sholichilikda suv tejovchi texnologiya joriy qilish uchun subsidiya berish va klasterlarga sholi xaridi uchun imtiyozli kredit ajratish yoʻlga qoʻyiladi.

    Yigʻilishda viloyatda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirishga toʻxtalib oʻtildi.

    Xonadonlarda chorva naslini yaxshilash, sutni qayta ishlash, parranda goʻshti ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni koʻpaytirish muhimligi qayd etildi.

    Jumladan, goʻsht yoʻnalishida har biri 200 ming bosh parrandaga moʻljallangan 5 ta sanoatlashgan yirik parrandachilik korxonasi Bogʻot, Gurlan, Hazorasp, Honqa, Shovotda ishga tushiriladi.

    Viloyatdagi sunʼiy suv havzalarini atigi 10 foizida baliq intensiv usulda boqilishi qayd etilib, endilikda intensiv usulda baliq yetishtirgan tadbirkorlar yer va aylanma soligʻini 50 foizini toʻlashi, suv soligʻi va toʻlovidan ozod etilishi belgilandi.