"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun tezkor chiqish brigadalari hamda maxsus texnikalar jalb etilib, yuzaga kelgan nosozliklarni bataraf etish choralari ko‘rildi.
Ayni paytda Gurlan, Shovot, Urganch, Bog‘ot, Yangibozor, Qo‘shko‘pir, Yangiariq va Xonqa tumanlarida tabiiy ofat tufayli yuzaga kelgan nosozliklarni ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.