Xorazmda oʻqituvchi darsda oʻquvchini ayovsiz kaltakladiVoqeadan keyin oʻqituvchi ishdan boʻshatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda maktab oʻqituvchisi 2 nafar oʻquvchini dars xonasida kaltakladi” sarlavhasi ostida videolavha tarqatildi. 

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 23-may kuni Tuproqqalʼa tumanidagi 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 6-sinf oʻquvchilariga geografiya fani dars mashgʻuloti oʻtkazilayotgan paytda sodir boʻlgani aniqlandi.

Oʻqituvchi mazkur sinfning 2 nafar oʻquvchisiga oʻzaro gaplashib oʻtirishgani uchun tanbeh berib, ularga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgan. 

Shu voqeadan keyin oʻqituvchi oʻz xohishiga koʻra ariza yozgan va ishdan boʻshatilgan.