Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, inspektorga fuqaro sherigi bilan janjal yuzasidan murojaat qilgan. U qoʻshma xususiy kompaniya hujjatlaridagi imzolar daromadni oʻzlashtirgan sherigi tomonidan soxtalashtirilganini bildirgan.
Inspektor esa oʻz tanishlari orqali “ekspertiza natijasini arizachi foydasiga chiqarishni tashkil etish”ni vaʼda berib, bunga evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgan. U Xiva shahrida pora olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya yoki boshqa jinoyat holatlariga guvoh boʻlgan taqdirda 1102 yoki (71) 234-31-74 raqamlariga murojaat qilishga chaqirdi. Ariza beruvchi shaxsining shaxsi maxfiy saqlanishi kafolatlanadi.








