Ana shu ishlar samarasi oʻlaroq, joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyi mobaynida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boʻlimi, uning shahar va tuman boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 25 ming 486 ta oilaga 8 milliard 881 million 400 ming soʻmlik saxovat va koʻmak yordami koʻrsatildi.

6083 ta oilaga kundalik isteʼmol tovarlari tarqatildi. 1649 ta oilaga naqd pul mablagʻlari ajratilib, belgilangan tartibda bank plastik kartalariga oʻtkazib berilgan boʻlsa, 1793 ta oilaga zaruriy mahsulot, 47 ta oilaga dori-darmon vositalari olib berildi, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boʻlimi matbuot xizmati.