Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambagʻal aholi, yaʼni 19 ming oilaning holati oʻrganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Masʼullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga oʻqitib, ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qoʻyildi.
Mavjud boʻsh ish oʻrinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambagʻal oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.