Kecha Toshkent shahrida “Sport festivali” doirasida tashkil etilgan velomarafonning respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Quvonarlisi, qizlar birinchiligida Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Bogʻot tumani oʻquv-sport texnika klubining duatlon seksiyasi shugʻullanuvchisi Sarvinoz Sultonboyeva marra chizigʻini birinchi boʻlib bosib oʻtib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Aytish joizki, “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida uyushtirilayotgan bunday tadbirlar oʻsib kelayotgan oʻgʻil-qizlarimizning maʼnan barkamol va jismonan sogʻlom ruhda voyaga yetishiga xizmat qiladi.