Xorazm viloyati Gurlan tumani 33-sonli umumtaʼlim maktabining ingliz va nemis tili fani oʻqituvchisi Ogulnur Atayeva Qozogʻicton Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021” Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichida Chet tillar yoʻnalishida birinchi oʻringa loyiq koʻrilib, oltin medal bilan taqdirlandi.
Ogulnur Atayeva maktabda oʻquvchilarga saboq berish bilan bir qatorda yosh ijodkor sifatida faoliyat yuritib kelmokda. Hozirgi kunda Oʻzbekistan Fanlar Akademiyasi Fan nashriyoti tomonidan “Deutsch für ALLE” va “Ilm-maʻrifat-yorqin kelajak mashʻali” kitoblari 300 nusʼhada chop kilindi.
Hozirga qadar 40 dan ortik ilmiy maqolalari va tezislari xalqaro hamda respublika nashrlarida eʼlon qilingan.