Xorazm Maʼmun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi Razzoqberdi Abdirimov va tayanch doktorant Umid Bekimmetov hammuallifligida “Qadimiy Xorazm qalʼalari va ulardagi arxeologik tadqiqotlar” nomli yangi kitob nashr qilindi.

Unda Oʻzbekistonda arxeologiya fanining istiqboli va taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan, xususan Xorazm vohasidagi qalʼalarda dastlabki tadqiqot ishlarini olib borib, moziy sirlarini oydinlashtirishda ilmiy xizmat qilgan Yahyo Gʻulomov va Sergey Tolstovning hayoti va faoliyati ham yoritiladi.