Qozogʻiston Respublikasi Atirau viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Serik Aydarbekov boshchiligidagi delegatsiya bilan Namangan viloyati hokimligida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Mehmonlar Namangan viloyati iqtisodiy salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Shundan soʻng delegatsiya “Art Soft Holding” paxta-toʻqimachilik klasteri ishlab chiqarish korxonasida boʻldi. Bu yerda momiq sochiqlar, bolalar va kattalar uchun momiq koʻrpalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.
Shuningdek, mehmonlar “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Iftixor Cluster” paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan bunyod etilayotgan paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlash majmuasi loyihasi bilan tanishdilar.
Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari
uyushmasining rasmiy kanali