Ushbu Nizom Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan jalb qilingan boʻsh ish oʻrinlarini xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida ochiq tanlov yoʻli bilan taqsimlash tartibini belgilaydi.
Agentlik xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan jalb qilingan boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron platformada eʼlon qiladi.
Bu haqida xususiy bandlik agentliklarining elektron platformadagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik ravishda xabarnoma yuboriladi.
Kvotalar toʻgʻrisidagi eʼlon muddati 5 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Xususiy bandlik agentliklari kvotalar toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtirilgan kundan boshlab undagi belgilangan muddat tugagunga qadar ariza yuborishlari mumkin.
Kvotalar arizasi ijobiy qabul qilingan xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida teng taqsimlanadi.