Xorijdagi vatandoshlarimizdan — zarur tibbiy uskunalar

    Salomatlik 16 Sentabr 2020 1047

    Qashqadaryo viloyatiga AQSH va Kanadadagi vatandoshlarimiz tomonidan muruvvat yordami sifatida yuborilgan 200 ta kislorod konsentratori hamda 100 ta pulsoksimetr keltirildi.

    Mazkur tibbiy uskunalar viloyatdagi barcha yuqumli kasalliklar shifoxonalariga, Qarshi shahri hamda Gʻuzordagi taqsimlash markazlariga tarqatildi.

    -Oʻzbekiston Respublikasining Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi tomonidan aprel oyidan buyon AQSH va Kanadadagi vatandoshlar ishtirokida “Biz Oʻzbekistonga befarq emasmiz” shiori ostida xayriya tadbiri oʻtkazib kelinyapti, — deydi AQSHdagi “Givi to get international” xalqaro jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakili Murodjon Qodirov. – Maqsad – yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda Oʻzbekiston hukumatiga koʻmak uchun mablagʻ toʻplash. Mana shu mablagʻ hisobidan Xitoydan kislorod konsentratorlari va pulsoksimetr keltirilib, Qashqadaryo va Surxondaryodagi koronavirus bilan zararlangan bemorlar davolanayotgan shifoxonalarga tarqatilyapti.

    Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.