Maʼmuriy reglamentga koʻra, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar arizani oʻz xohishiga koʻra quyidagilardan biriga berishi mumkin:
● IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga kelgan holda;
● davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda;
● Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali.
Ariza berishda soʻrovnoma toʻldiriladi, soʻrovnomada xato maʼlumotlar koʻrsatilganda yoki hujjatlar toʻliq boʻlmaganida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa soʻrovnoma rad etiladi.
Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun 3 ish kunida davlat bojini toʻlaydi (https://lex.uz/docs/4680944) (BHMning 1,2 baravari – 324 ming soʻm, 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarga BHMning 80 foizi – 216 ming soʻm).
Ariza beruvchi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish hamda qoʻl barmoq elektron izlarini olish uchun kelish kuni haqida 1 ish kunida xabardor qilinadi.
Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida beriladi.