Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Unga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
— xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;
— xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;
— voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.