Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marta sudlangan V.X. fuqarolar A.K. va A.B.ni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga jami 23 000 AQSH dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi aniqlangan. 

Departamentning Qarshi shahar bo'limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqarolar G'.R. va X.R. fuqaro J.R.ni “Qarshi temiryo'l uzeli” AJga ishga kiritib qo'yish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.