Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln soʻm ekvivalentidan ortiq Oʻzbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya toʻldiriladi (amalda 2 ming AQSH dollari).

Shuningdek, 100 mln soʻmga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyutani Oʻzbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming AQSH dollari).

Qaror 2020-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradi.