Xorijiy davlatlardan keluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni joylashtirish vositalarida vaqtincha roʻyxatga olish tartibi tasdiqlandi

    Xorijiy davlatlardan kelgan shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida vaqtincha roʻyxatga olish tartibi tasdiqlandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5984-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 593-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” tasdiqlandi.

    Hujjat xorijiy davlatlardan kelgan, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida elektron tizimi orqali vaqtincha roʻyxatga olish tartibotlarini nazarda tutadi.

    Qarorga binoan:

    – Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining belgilangan tartibda sertifikatsiz va “E-mehmon” dasturisiz faoliyat yuritishi taqiqlanadi;

    – Vaqtincha roʻyxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davolash muassasalaridan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq kartochka rasmiylashtirib beriladi.Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari kelganlar haqidagi maʼlumotni ular joylashgan vaqtda “E-mehmon” dasturiga kiritadilar;

    – Taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar shu jumladan turoperator va turagentlar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xuquqlari va majburiyatlari oʻz vaqtida tyshuntirib berilishini taʼminlaydilar, shuningdek, ularni ushbu Nizomga muvofiq vaqtincha roʻyxatdan oʻtishni, boʻlish muddatini uzaytirishni, respublika hududida harakatlanishini hamda oʻzlariga belgilab berilgan boʻlish muddati tugagach, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini taʼminlash ychun javobgar boʻladilar;

    – Joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalariga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olish ular kelib joylashgandan keyin ushbu vositalar va muassasalarning maʼmuriyati tomonidan yashash ryvohnomasi yoki ID-kapta yohud harakatlanish hujjati asosida amalga oshiriladi.Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining masʼul shaxslari kelganlar haqidagi axborotni ular joylashgan vaqtda “E-mehmon”dasturiga kiritadilar.