Samarqand temir yo'l vokzalida diplomatlarni viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari kutib oldilar.

Shundan so'ng, diplomatlar Samarqand shahrida yangi bunyod etilgan Turizm markaziga tashrif buyurib, “Abadiy shahar” majmuasi, Kongress-xoll va besh yulduzli yangi “Samarkand regency Amir Temur” mehmonxonasini ko'zdan kechirdilar.

Bundan tashqari, mehmonlar SHHTga a'zo davlatlar rahbarlari sammitiga tayyorgarlik ko'rish doirasida Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdilar.