Xorijiy hamkorlar O‘zbekiston va uning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, mamlakatimiz bilan do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga intilishini tasdiqlamoqda.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;

Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy;

Qatar Davlati Amirining o‘rinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad Ol Soniy;

Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh Xolid al-Ahmad as-Saboh;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso Al Xalifa;

Marokash Qiroli Muhammad VI;

Jazoyir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;

Tunis Respublikasi Prezidenti Qays Said;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Liviya Davlati Prezident kengashi rahbari Muhammad Yunus Al-Manfi;

Somali Federativ Respublikasi Prezidenti Hasan Shayx Muhammad;

Isroil Davlati Prezidenti Itsxak Gersog;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;

Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Faridun Sinirli o‘g‘li;

Islom taraqqiyot banki raisi Muhammad Sulaymon Al-Jasir;

"Al-Azhar" majmuasi shayxi Ahmad Tayyib;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

 

Tabriklar kelishda davom etmoqda.