Qaror bilan Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi Oʻzbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, Kengash kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi hamda uning aʼzoligiga xalqaro moliya institutlari ham jalb qilinadi.

Kengash kotibiyati tomonidan xorijiy investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash orqali mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya mablagʻlarini jalb qilishga koʻmaklashiladi.

Bundan tashqari, Kengashning davlat organlari va tashkilotlari bilan bogʻliq faoliyatini Kengash kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirish boʻyicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etiladi.