Kelishuvga asosan:
2023-yil aprel oyida respublikamiz oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan 100 nafar ingliz tili o‘qituvchilari uchun tilni o‘rgatish ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘qitish texnologiyasini dars jarayoniga integrasiya qilish mavzusida malaka oshirish kurslari amalga oshiriladi;
2023-yilning avgust oyida Agentlik hamda Varvik universiteti tomonidan rejalashtirilayotgan yangi ko‘rik tanlovning 30 nafar g‘olibi Buyuk Britaniyada maxsus dastur asosida 4 haftalik Professional Development for English Language Teachers (PDELT) malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
Kurs davomida o‘qituvchilar ingliz tilini o‘qitishda metodik va o‘ziga xos yondoshuvlar, topshiriqlarga asoslangan ta’lim, talabalar ishtirokini rag‘batlantirish va guruhni boshqarish strategiyalari kabi mavzularni o‘zlashtiradi.
Shuningdek, Varvik universitetining malakali mutaxassislari 2023 yilda Jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish jarayoniga jalb etiladi.