2022/2023 oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizalar my.dtm.uz tizimi orqali qabul qilinadi.
Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta oʻrindan birini egallagan) oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari oʻtkaziladi.
Test sinovlari boʻyicha oʻtish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Jumladan, tibbiyot yoʻnalishida bu yil xorijiy yoki nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish uchun talaba 129,0 ball toʻplashi talab etiladi.
Oʻtish ballidan past natija toʻplagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalar safiga qoʻshiladi..
Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan OTMdan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.