Xorijiy valyutalarda kreditlar endi mikromoliya tashkilotlarida ham beriladi

    Moliya 18 Noyabr 2023 525

    Yaqin oʻtmishimizda chet el valyutasi u yoqda tursin balki kredit olishni faqat banklar orqali olsa boʻladi va bankdan kredit olgan odam esa juda katta qogʻozbozlik yoʻlidan oʻtgan degan hayol ongimizga singib ketgan edi.

    Hozirda kredit olish juda soddalashtirilmoqdaki bugungi kunga kelib xorijiy valyutada kreditni bankdan tashqari subyektlar ham taklif etadigan zamonga kelmoqdamiz.

    Yaʼni endilikda tadbirkorlik subyektlari xorijiy valyutada kredit olish uchun nafaqat banklarga, balki mikromoliya tashkilotlariga ham murojaat etishlari mumkin.

    Qabul qilingan qaror mikromoliya tashkilotlarining rivojlanishidagi yangi inqilobiy yondashuv desak xato boʻlmaydi. Eng asosiy oʻzgarishlardan biri sifatida yana, mikromoliya tashkiloti litsenziya asosida toʻlov tashkiloti (Payme, Click va hk kabi) faoliyatini ham yurita olishini ham qayd lozim. Qonunchilikda faqat toʻlov tashkiloti mikromoliya tashkiloti sifatida roʻyxatdan oʻtib, mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsata olar edi. Bu yangilik esa sohada sogʻlom va teng kuchli raqobatni kuchaytirib, natijada aholiga tanlash imkoniyatini beradi.

    Qarorning yana qiziq jihatlaridan biri bu mikromoliya tashkilotlari rivojlanishi natijasida mikromoliya banklariga, mikromoliya banklari esa tijorat banklariga va aksincha transformatsiya jarayonlari yaratilishidir.

    Bu esa oʻz navbatida, yuqorida qayd etilganidek, mikromoliyalash bozori hajmini yanada oshishiga, mikromoliyaviy xizmatlar bilan tadbirkorlarni koʻproq qamrab olishga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilishi orqali biznesni rivojlantirish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish natijasida aholi turmush darajasini yaxshilashga olib keladi.

    Qolaversa, mikromoliya xizmatlar bozorida banklar bilan mikromoliya tashkilotlari oʻrtasidagi boʻshliq bazaviy bank xizmatlarini koʻrsatuvchi mikromoliya banklari bilan toʻldirilmoqda.