Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda fuqaro L.M. boshqa bir fuqaro Yu.ning ishonchiga kirib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga uning tanishlari boʻlgan 3 nafar xorij fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini tayyorlab berishni vaʼda qilib, jami 7 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.