Bu boʻyicha Prezidentning "Chorvachilik tarmogʻi va yaylov xoʻjaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar chorvachilik tarmogʻini 2026–2028 yillarda rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi:
- chorvachilik (goʻsht va sut) mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasini 50 foizga olib chiqish;
- nasldor qoramollar ulushini 90 foizga yetkazish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish va boshqalar.
2026 yil 1 iyuldan 2030 yil 1 yanvarga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan quyidagilar orqali olingan har bir bosh nasldor buzoq (identifikatsiya qilingan) uchun subsidiya ajratish yoʻlga qoʻyiladi:
- sunʼiy urugʻlantirish orqali olinganda – 500 ming soʻmdan;
- embrionlarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) orqali olinganda – 700 ming soʻmdan.