Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu tizim turizmni rivojlantirish, chakana savdo hajmini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan Urganch xalqaro aeroportida chet el fuqarolari xaridlarini tekshirish va QQS qaytarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga mo‘ljallangan maxsus servis shoxobchasi tashkil etildi.
Ma’lum qilinishicha, “Tax free” mablag‘lari tovarlar mamlakatdan olib chiqib ketilganidan so‘ng 3 ish kuni ichida sayyohlarning bank kartasiga o‘tkazib beriladi. Bunda QQS qaytarish uchun minimal xarid qiymati 300 ming so‘m etib belgilangan.
Mazkur tizimni joriy etishdan asosiy maqsadlardan biri — 2026–2027 yillarda xorijiy sayyohlar tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar hajmini bir necha barobarga oshirish, savdoda shaffoflikni ta’minlash va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishdan iborat.
Mutaxassislar fikricha, bu mexanizm mamlakatning turistik jozibadorligini oshirish, milliy brendlar va mahalliy mahsulotlar eksportini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.