Arxeologlar qayiq eramizdan avvalgi XII – X asrlar oralig'ida yasalgan deb taxmin qilmoqda. Bundan kelib chiqadiki, u O'rta yer dengizida topilgan qayiqlar orasida eng qadimiysidir.
Qayiqning uzunligi 12 metr. Tadqiqotchilar qayiqni suvdan chiqarib olib, uning aniq qachon yasalgani masalasiga oydinlik kiritishmoqchi.
Qayiq Adriatika dengizi sohillaridagi mintaqa – Dalmatsiya xalqiga tegishli bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.