Xorvatiyada ishlash istagida boʻlgan oʻzbekistonliklarga boʻsh ish oʻrinlari taklif etilmoqda

    Nomzodlardan 50 yoshgacha boʻlishi, rus yoki ingliz tilini bilishi, soha boʻyicha kamida 1-yillik ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat bilan) va sudlanmagan boʻlishi talab etiladi.

    Bunda ish turlari quyidagicha:

    ▪️ qolipchi (opalubщik);

    ▪️ armaturachi (armaturщik);

    ▪️ parket yotqizuvchi (parketchik);

    ▪️ shtukaturkachi (shtukaturщik);

    ▪️ kranchi (kranovщik);

    ▪️ ekskavatorchi (ekskavatorщik).

    Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar:

    ▪️ 18-50 yosh;

    ▪️ rus yoki ingliz tillarini bilish;

    ▪️ soha boʻyicha kamida 1-yillik ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat bilan);

    ▪️ sudlanmagan;

    ▪️ xorijga chiqish taqiqlanmagan;

    ▪️ jismonan va ruhan sogʻlom;

    ▪️ zararli odatlardan holi.

    Xizmat uchun ishchiga oyiga 1000 yevrodan beriladi (mazkur summadan boshlanadi).

    Shuningdek, yotoqxona va transport xarajatlari ham ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

    Ishlash istagida boʻlganlar quyidagilarni oʻz hisobidan qoplashi lozim boʻladi:

    ▪️ viza toʻlovi;

    ▪️ aviachipta;

    ▪️ Agentlik toʻlovi.

    Mazkur manzil orqali ushbu taklif etilgan ish turi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish mumkin.

    Murojaat uchun 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqamiga bogʻlanish soʻraladi.