Juma kuni ertalab Zagrebning Prechko tumanidagi asosiy maktablardan biriga pichoqli hujum uyushtirildi. OAV xabariga ko'ra, hujum voyaga etmagan shaxs tomonidan sodir etilgani taxmin qilinmoqda, u yetti kishini jarohatlagan.

“Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, o'smir o'qituvchi va olti nafar o'quvchini pichoq bilan yaralagan, ulardan biri halok bo'lgan”, deya xabar beradi milliy telekanal.

Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich hamdardlik bildirdi va ichki ishlar vaziri Davor Bojinovich voqea joyiga bordi.

Xorvatiya Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlar orqali 9.50 da hujum haqida va hujum uyushtirgan shaxsning hibsga olingani haqida xabar berdi, biroq jabrlanganlarning yoshi va soniga aniqlik kiritmadi, deb xabar beradi ria.ru.