Tadbir “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida tashkil etildi. Bu haqida institut rasmiy sahifalarida xabar berildi.

“Janubiyosiyo” demokratik forum” tahliliy markazi  direktorining fikricha, yurtimizda o'tkazilayotgan  bugungi konferentsiya Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari uchun juda muhim. Misol uchun, logistika, transport sohasida Xitoy va Evropani bog'lashda Markaziy Osiyo muhim ahamiyatga ega, bunda esa O'zbekiston xalqaro savdo markazida joylashgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvda pandemiya sharoiti bo'lishiga qaramay O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o'zgarishlar, makroiqtisodiy barqarorlik, qashshoqlikni kamaytirish, oilalarni ijtimoiy himoya qilish va  aholi farovonligini oshirish, inson kapitalini yuksaltirishga qaratilgan e'tiborning o'ziga xos jihatlari haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, “yashil energiya” elektr energetika tarmog'ida qayta tiklanuvchi energiya manbalari  olish borasidagi loyihalar, kambag'allikni qisqartirish va aholining ijtimoiy himoyalash borasidagi keng ko'lamli o'zgarishlar, O'zbekistonda yuz berayotgan yangiliklar, davlat ulushini kamaytirilishi, davlat korxonlarini xususiylashtirish orqali investitsiyalar jalb qilish borasida ham so'z yuritildi.