Innovatsion haftalikni tashkil etishdan maqsad, mamlakatimiz xotin-qizlarining innovatsion gʻoyalari, loyiha va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga koʻmaklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilishdan iboratdir.
“INNOWOMENWEEK” — xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida olima va ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion gʻoyalari, loyiha va ishlanmalarini aks ettirgan koʻrgazmalar tashkil etildi.
Universitetning olima va professor-oʻqituvchilari, ixtirochi hamda talaba xotin-qizlar ishtirok etgan konferensiyada olima va ixtirochi ayollar safi kengayib borayotgani, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalari, innovatsion gʻoyalari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati taʼlim va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli hissa qoʻshayotgani mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan yuksak eʼtibor, yaratilgan shart-sharoit, keng imkoniyatlar samarasi ekanligini qayd etildi.
Dilfuza Jarbekova,
Sirdaryo viloyat
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
matbuot xizmati rahbari.